13:17 / 15.09.2016
9 613

AQShda yaylovlarni kengaytirish uchun 45 ming yovvoyi ot qirib tashlanadi

AQShda yaylovlarni kengaytirish uchun 45 ming yovvoyi ot qirib tashlanadi

AQSh hukumati yirik qoramollar boqiluvchi ferma va yaylovlarni kengaytirish maqsadida 45 ming yovvoyi otni o‘ldirishga qaror qildi. Bu haqida 14 sentyabr kuni The Independent xabar berdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Manbaga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hududida jami 50 mingdan kamroq yovvoyi ot mavjud, shu bois ularning 45 mingini qirib tashlash jonivorlar populyasiyasiga tuzatib bo‘lmas ziyon etkazadi.

Yovvoyi otlarni qirish soliq to‘lovchilar hisobidan amalga oshiriladi. Jonivorlarning qachon va qanday o‘ldirilishiga aniqlik kiritilmagan.

Jonivorlar himoyachilari hukumat qaroriga qarshi chiqishmoqda. Ular Change.org.da shu muvzuda petisiya joylashtirishdi, u 71 ming nafardan ortiq kishi tomonidan imzolandi.

20 yil davomida jonivorlar himoyachilari muntazam ravishda yovvoyi otlar sonining ko‘payishini - tug‘ilishni nazorat qilish yo‘li orqali boshqarishni taklif qilib kelishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda yaylovlarni kengaytirish uchun 45 ming yovvoyi ot qirib tashlanadi