Turkiya prokuraturasi muxolifat rahbari va diniy rahnamosi Fathulloh Gulen va uning “Fathullohchilar terrorchilik tashkiloti”ga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 141 kishini ushlashga ko‘rsatma berdi, deb yozmoqda Cumhuriyet gazetasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ularni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot mamlakatning 15 ta tumanida 20 sentyabr erta tongdan boshlangan. Gumondorlar ro‘yxatidagilar asosan o‘qituvchi va shifokorlardan iborat.
Turkiya Milliy razvedka tashkilotining aniqlashicha, Gulen tarafdorlari ByLock mobil ilovasi yordamida o‘zaro muloqot olib borishgan. Bu ilova Android, Windows Phone va Blackberry dasturlarida ishlashga mo‘ljallangan.
Ma’lumki, 2016 yil 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshirildi. Rasmiy Anqara uni muxolifat etakchisi, hozirda AQSh da istiqomat qilayotgan Fathulloh Gulen tarafdorlari uyushtirganligini ta’kidlamoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi