09:24 / 21.09.2016
6 832

Kaliforniyada U-2 ayg‘oqchi samolyoti qulab tushdi

Kaliforniyada U-2 ayg‘oqchi samolyoti qulab tushdi

AQShning Kaliforniya shtatida U-2 Dragon Lady ayg‘oqchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida bir nafar uchuvchi halok bo‘lgan, yana biri tan jarohati olgan, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.

Hodisa, 20 sentyabr kuni ertalab shtatning shimolida yuz bergan. Samolyot Bil aviabazasidan o‘quv parvozini amalga oshirgach, ko‘p o‘tmay, Sakramento shahridan 100 kmlar shimolroqdagi tog‘li hududga qulab tushgan.

Xabar qilinishicha, uchuvchilar katapulta qilishgan, ammo erga muvaffaqiyatli qo‘na olishmagan.

U-2 samolyoti o‘ta yuqori balandliklardan aviarazvedka ishlarini olib borishi mumkin. U, 21 km balandlikkacha ko‘tarila oladi. U-2 bilan bog‘liq eng yodda qolarli voqea 1960 yil 1 mayda yuz bergan. O‘shanda, Geri Pauers boshqarayotgan ayg‘oqchi samolyot SSSR havo hujumidan himoya vositalari bilan Sverdlov oblastida urib tushirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kaliforniyada U-2 ayg‘oqchi samolyoti qulab tushdi