09:33 / 21.09.2016
5 958

BMT Bosh kotibi musulmonlarni ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi musulmonlarni ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi

“Ayniqsa musulmonlar turli shubha-gumonlar nishoniga aylanib qolishmoqda”, -dedi Pan Gi Mun.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun dunyodagi barcha siyosatchilarni migrantlar va musulmonlarni ta’qib qilishdan voz kechishga chaqirdi, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.

"Borgan sari qochoqlar va migrantlar zo‘ravonlikka duch kelishmoqda. Ayniqsa musulmonlar turli shubha-gumonlar nishoniga aylanib qolishmoqda. Barcha siyosiy etakchilar va nomzodlarga murojaat qilmoqchiman: odamlarni ajratish va yuragiga vahima solish orqali o‘zingizga ovoz to‘plash maqsadidagi kamsituvchi va siyosiy harakatlardan o‘zingizni tiying", — dedi Bosh kotib BMT Bosh assambleyasida chiqish qilar ekan.

"Dunyo yolg‘onga va haqiqatning buzib ko‘rsatilishiga qarshi turishi, kamsitishning barcha shakllarini rad etishi darkor", — dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Bosh kotibi musulmonlarni ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi