Evrokomissiyada evropalik abonentlar uchun rouming uchun qo‘shimcha xarajatlar bekor qilinishi ma’lum qilindi. Evrokomissiya vakillari Evropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi mobil aloqa roumingini bekor qilishga kelishib oldilar, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligiga asoslangan holda "Kun" nashri. Qaror 2017 yil iyunidan kuchga kiradi.
"Evrokomissiya 2017 yil 15 iyundan rouming uchun xarajatlarga chek qo‘yuvchi qarorga keldi. Yangi yondashuv suiiste’mol qilish holatlariga nisbatan operatorlar uchun mustahmkam himoya mexanizmini ta’minlaydi", deb aytdi raqamli iqtisodiyot va jamiyat bo‘yicha evrokomissar Gyunter Ettinger.
Ettingerning aytishicha, hujjatning yakuniy qabul qilinishi joriy yilning 15 dekabrida yuz berishi kerak. Ta’kidlanishicha, rouming uchun xarajatlar Evropa Ittifoqining boshqa davlatiga bormoqchi bo‘lgan fuqarolari uchun bekor qilinadi. Boshqa sayyohlar ularning milliy operatorlari rouming uchun belgilaydigan qo‘shimcha haqni to‘lashda davom etaveradilar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?