Turkiya Tashqi ishlar vaziri Bashar Asad rahbarligidagi Suriya hukumatini harbiy jinoyatlar sodir etishda aybladi. Bu haqda vazirlik saytida bildirilgan, deyiladi "Kun" nashrida.
"Biz keyingi kunlarda Suriyadagi tuzum hamda bu tuzum tarafdorlari tomonidan Halab va atrof hududlar bombardimon qilinishi, natijada 300dan ortiq kishi halok bo‘lib, minglab kishilar jarohatlanishini qattiq qoralaymiz", deyilgan xabarda.
Turkiya TIV tomonidan ta’kidlanishicha, Asad rejimi o‘z xalqini "shafqatsizlik bilan o‘ldirmoqda". Suriyaning hozirgi hukumati va tarafdorlari mamlakatdagi mavjud barqarorlikni hal qilish uchun siyosiy yo‘ldan yurish niyatida emasligi qayd etib o‘tilgan.
"Bu harakatlar nafaqat harbiy jinoyatlardir, balki bu insoniylikka qarshi jinoyat hamda xalqaro huquq tartiblariga zid hamdir", deya qo‘shimcha qilingan Turkiya TIV xabarida.
Bundan oldinroq, BMTning Suriya masalasi bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura Suriya armiyasi Halabga yurish boshlaganidan buyon o‘nlab ayollar va bolalar halok bo‘lgani haqida aytib o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi