6 976
Quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 samolyoti Hindistonga eson-omon qo‘ndi
Faqat quyosh energiyasi yordamida dunyo bo‘ylab sayohat qilmoqchi bo‘lgan Shveysariyaning quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 samolyoti 10 mart, seshanba kuni Hindistonning Ahmadobod shahriga kelib qo‘ndi. Bu haqda loyiha jamoasining Twitter’dagi xabariga tayanib, Interfax ma’lum qildi.
Bu dunyo bo‘ylab parvozning ikkinchi bosqichidir. Bir kun avvalroq Solar Impulse Abu-Dabidan uchib ketib, Ummonning Maskat shahriga qo‘ngan edi.
Endi samolyot Ahmadoboddan Hindistonning boshqa shahri — Varanasiga yo‘l olishi kerak.
Solar Impulse 2 o‘tgan yilning aprelida taqdim etilgan, iyunida esa sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan edi. Uning qanotlari qulochi 72 metr, og‘irligi 2,3 tonnaga teng. Samolyot qanoti 17,2 mingta quyosh batareyalari bilan qoplangan. Samolyotning maksimal tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil etadi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?