Okayama ilmiy universiteti hamda Mongoliya ilmiy akademiyasi paleontologlari Gobi sahrosida o‘tkazayotgan arxeologik tadqiqotlari davomida ulkan dinozavrning oyoq izini topib olishdi, deb yozmoqda "Qalampir" nashri.
Dinozavr izi shu vaqtgacha topilgan izlar ichidagi eng kattalaridan biridir. Olimlarnnig fikricha, bu Titanozavr (Titanosauria) oilasiga mansub bo‘lgan dinozavrning oyoq izidir. Ushbu dinozavr turi uzun bo‘yin va dumli bo‘lib, yura hamda bor davlarida bundan 70-90 million yil avval yashagan.
Topilgan oyoq izining uzunligi 106 santimetr, kengligi esa 77 santimetrni tashkil etadi. Olimlar ayni izni uzunligi 30 metr, bo‘yining balandligi esa 20 metrdan kam bo‘lmagan dinozavr qoldirganini aytishmoqda. Hozirda topilgan oyoq izi o‘rganilmoqda. Kelajakda bu titanozavrlarning qay holda qadam tashlaganini aniqlashga yordam berishi mumkin.
Ma’lumot uchun, titanozavrlar qoldirgan izlar ichidagi eng katta oyoq izi 2014 yil Argentinada topilgandi. Olimlar ushbu izni uzunligi 37 metr, og‘irigi esa 70 tonna bo‘lgan dinozavr qoldirganini aytishgandi. Hozirda Gobi sahrosida topilgan titanozavr oyoq izi o‘rganilmoqda. Unga, albatta, ilmiy nom beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?