Rossiya Federasiyasi Shimoliy dengiz floti tarkibidagi «Admiral Kuznesov» aviatashuvchi kemasini O‘rta er dengizining Suriya sohillariga safarbar etdi. Uni bir nechta jangovar qo‘riqchi kemalar kuzatib boradi. Bu haqda «Interfaks» ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
«Admiral Kuznesov kreyseri etakchiligidagi korabllar guruhi uzoq safarga chiqmoqda», — degan manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning yagona avianosesi mamlakat HDFning O‘rta er dengizidagi doimiy birikmasi tarkibiga borib qo‘shiladi.
Agentlikning qayd etishicha, ushbu safar 4-5 oy davom etadi. «Admiral Kuznesov»ning bortida eng yangi MiG-29KR va MiG-29KUBR qiruvchi hamda Su-33 samolyotlari bor. Bundan tashqari, kreyser uchun Ka-52K «Katran» (Ka-52 «Alligator»ning kema namunasi) jangovar vertolyotlari ham hozirlab qo‘yilgan.
Hozirda, O‘rta er dengizida Rossiyaning 10ga yaqin kemasi mavjud.
Avvalroq, harbiy ekspert, iste’fodagi general-polkovnik Leonid Ivashov «Interfaks»ga bergan intervyusida, Rossiya o‘zining yangi tarixida birinchi marta kemadagi aviasiyasidan mashg‘ulotlarda emas, jangovar holatda foydalanishini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi