14:59 / 12.03.2015
7 618

Vetnam dunyoning qahva eksport qiluvchi ikkinchi yirik davlatiga aylandi

Vetnam dunyoning qahva eksport qiluvchi ikkinchi yirik davlatiga aylandi

Vetnam 2014 yil yakunlari bo‘yicha dunyoda qahva eksport qiluvchi davlatlar qatorida Braziliyadan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda mamlakat qishloq ho‘jaligi va agrar rivojlantirish vazirligi tomonidan xabar berilgan.

O‘tgan yilda qahva eksporti 3,4 mlrd dollarni tashkil etgan.

Hozirda Vetnamda qahva etishtiruvchi maydonlar 640 ming gektarni tashkil etmoqda.

Shu tariqa Vetnam dunyoda qahva etishtiruvchi 5 davlatdan biriga aylangan, bu erdan mahsulotlar 60dan ortiq davlatlarga etkaziladi. Vetnam qahvasining xaridori AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya davlatlari hisoblanadi.

Qahva Vetnam tomonidan eksport qilinadigan guruch, neft va tabiiy kauchuk mahsulotlari qatoriga kiradi va ushbu sohada aholining qariyb yarim millioni mehnat qiladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vetnam dunyoning qahva eksport qiluvchi ikkinchi yirik davlatiga aylandi