01:30 / 30.10.2016
10 471

Olimlar: sayyoramizdagi birinchi yadro urushi suv uchun boshlanishi mumkin

Olimlar: sayyoramizdagi birinchi yadro urushi suv uchun boshlanishi mumkin

Olimlarning fikricha, sayyoramizdagi birinchi yadro urushi suv uchun boshlanishi mumkin va u Rossiya va AQSh o‘rtasida emas, balki Hindiston va Pokiston o‘rtasida boshlanadi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.

BMTning Gamiltondagi (Kanada) suv zaxiralari, atrof-muhit va salomatlik instituti xodimlari Hindiston yarimorolida ichimlik suvining etishmasligi haqiqatda juda jiddiy muammo ekanligini aytmoqdalar. Ularning fikricha, Hind daryosi havzasi istalgan vaqtda portlashi mumkin bo‘lgan suv "bombasi" hisoblanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oxirgi yillarda yarimorolda suv zaxiralari uchun nizo avj olib ketdi. Yaqinda Hindiston Hind daryosi bo‘yicha ikki tomonlama komissiya ishining yakunlanishini ma’lum qildi. Bu komissiya Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi suv munosabatlarini 1960 yildan boshqarib kelgan. 1960 yilda bu davlatlar Hind suvlari haqida kelishuvni imzolashgandi.

Kelishuv doirasida Hindiston Hindning uchta sharqiy irmog‘idan, Pokiston esa ikkita g‘arbiy irmog‘i va Hindning o‘zidan foydalanish huquqini olgandi. Bu kelishuv Pokistonning Hindiston bilan urush bo‘lishi holatida daryo irmoqlarining Hindiston hududidan o‘tuvchi qismi qo‘shnisi tomondan to‘sib qo‘yilishi xavotiri sababli yuzaga kelgandi.

Olimlarning fikricha, Hindiston va Pokiston o‘rtasida bu masala bo‘yicha hamfikrlikning yo‘qligi yaqin kelajakda ular orasida urushga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar: sayyoramizdagi birinchi yadro urushi suv uchun boshlanishi mumkin