13:01 / 09.11.2016
8 750

Amerikaning yangi prezidenti aniqlandi

Amerikaning yangi prezidenti aniqlandi

AQSh prezidentligiga saylovda g‘olib aniqlandi, desak ham bo‘ladi. Bugungacha Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klintonning g‘alabasi taxmin qilnayotgan edi. Biroq, voqealar rivoji o‘zgacha tus oldi. Ayni vaqtdagi natijalarga ko‘ra, Respublikachilar partiyasi nomzodi jami 48,1 foiz ovoz to‘plab Klintonni 0,9 foizga ortda qoldirmoqda.

Saylov deyarli yakuniga etib bormoqda. Klintonda imkoniyat qolmagan, deyish mumkin. “CNN”ning yozishicha, Klinton saylovdagi mag‘lubiyatini tan olish uchun Donald Trampni chaqirgan.

Hozircha umumiy hisobda Donald Tramp 276 ta, Hillari Klinton 218 ta ovoz to‘plagan. Prezident bo‘lish uchun esa 270 tadan ko‘p ovoz to‘plash kifoya edi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikaning yangi prezidenti aniqlandi