23:38 / 15.11.2016
12 770

Turkiya prezidenti Sh.Mirziyoyev bilan nima uchun uchrashmoqchi?

Turkiya prezidenti Sh.Mirziyoyev bilan nima uchun uchrashmoqchi?

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an O‘zbekistonga tashrif buyurib, Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.
Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an 17−18 noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qiladi gazeta.uz Turkiya rahbarining saytiga asoslangan holda.

Rajab Tayyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etilgan Samarqandga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Turkiya rahbari, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar olib boradi. Ular davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari hamda mintaqaviy va xalqaro mavzularni muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Rajab Tayyib Erdo‘g‘an O‘zbekistonga 2003 yilning 18−20 dekabr kunlari Turkiya bosh vaziri sifatida kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya prezidenti Sh.Mirziyoyev bilan nima uchun uchrashmoqchi?