Ummon etakchisi, sulton Qobus ibn Said xorijda uzoq davom etgan davolanishdan keyin "yaxshi ko‘rinishda" Ummonda milliy kun inshonlanishi sharafiga o‘tkazilgan paradda bir yil ichida ilk bor omma oldida paydo bo‘ldi, deyiladi "Kun" nashrida.
Ummon etakchisi Germaniyada davolanib, aprelda uyiga qaytgandi. O‘tgan yil u Germaniyada 8 oy davomida davolangan. Sultonning yo‘qligi uning kasalini davolab bo‘lmasligi haqida ko‘plab mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘lgan. Sultonning kasali bo‘yicha uning devonxonasi ham hech qanday ma’lumot bermagan.
Oxirgi oylarda sulton bir necha uchrashuvlar o‘tkazgan, jumladan AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashgan.
Hozir sulton 76 yoshda. U 1970 yilda o‘z otasini taxtdan ag‘darib hokimiyatni egallagan.
Sulton vafot etadigan bo‘lsa, uning taxtini egallash borasida mushkul vaziyat yuzaga kelishi mumkin, chunki uning bevosita vorislari yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi