21:50 / 16.03.2015
9 202

Xitoy qurol-aslaha eksport qiluvchi eng yirik davlatlar ro‘yxatida uchlikka kirdi

Xitoy qurol-aslaha eksport qiluvchi eng yirik davlatlar ro‘yxatida uchlikka kirdi

2014 yil natijalariga ko‘ra, qurol-aslaha eksporti bilan faol shug‘ullanuvchi davlatlar reytingida Xitoy Germaniya va Fransiyani ortda qoldirib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

2010-2014 yillar davomida Xitoyning qurol-aslaha eksporti hajmi avvalgi 5 yillikka nisbatan 16 foizga oshgan, deb xabar berdi “Interfaks” nashri.

Bu ko‘rsatkich Xitoyga Germaniya va Fransiyaning ko‘rsatkichlaridan ozgina farq bilan o‘tib ketishiga imkon berdi. Germaniya va Fransiyaning har birining hisobiga jahon qurol-aslaha bozorining taxminan 5 foizlik ulushi to‘g‘ri keladi.

Bu reytingda anchagina katta farq bilan AQSh (dunyo qurol-aslaha eksportining 31 foizi) va Rossiya (27 foiz) etakchilik qilmoqda.

Xitoy qurol-aslaha ekportining uchdan ikki qismi Osiyo davlatlariga, shu ulushning 41 foizi Pokiston hisobiga to‘g‘ri keladi. Pokistondan keyin Bangladesh va Myanma Xitoy qurol-aslahasining yirik xaridorlari hisoblanadi. Xitoy o‘z qurol-aslahasini, shuningdek, Afrikaning 18 ta davlatiga ham eksport qiladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy qurol-aslaha eksport qiluvchi eng yirik davlatlar ro‘yxatida uchlikka kirdi