Xitoyning Taychjou shahridagi avtomobil yo‘llardan birini kengaytirish maqsadida qazish ishlarini olib borayotgan yo‘l quruvchilari tobutni eslatuvchi tosh qutiga duch kelishdi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Bu tosh tobutning yoshi shaharning yoshidan ham katta ekanligini avvaliga quruvchilar anglashmadi. Tobut batamom kavlab olingandan keyin qo‘shimcha yordam kerakligi tufayli arxeologlarga murojaat etishdi. Tosh tobut ochilganda, avvaliga uning ichida mato va tushunarsiz suyuqlik bordek tuyuldi. Sinchliklab razm solib, tekshirilganda u erda inson jasadi – mo‘miyo yotganligi ma’lum bo‘ldi.
Arxeologlar mo‘miyo bundan 700 yil ilgari ayol bo‘lganligini, qabrdan topilgan zargarlik buyumlari va jasad o‘ralgan matoga qarab, ayolning Min sulolasiga tegishli ekanligi aniqlashdi.
Nafaqat ayolning tanasi, balki uning ustidagi kiyimlari ham oradan etti asr o‘tganiga qaramay, yaxshi saqlangan. Diqqat bilan qaralsa, ayolning yuz tuzilishini ham aniq ko‘rish mumkin.
Aksariyat odamlar Xitoyning AQShdan ko‘ra yoshi ulug‘ligini unutib qo‘yishadi. Uning tarixi ming yilliklarga borib taqaladi. Bunday voqealarni Xitoyda ko‘plab uchratish mumkin.
Tasavvur qilib ko‘ring, har doim mashinangiz turadigan joydan 2000 yoshli mo‘miyo topilib tursa! Bunaqasini boshqa joyda uchratish qiyin... “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi