Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon Rossiya harbiy-koinot kuchlari Xamadan viloyatidagi bazadan foydalanishlari mumkinligini aytdi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda. Tehron Rossiya bilan Suriyaning qonuniy hukumatini qo‘llab-quvvatlashga imkon beradigan hamkorlikka tayyor.
Hozircha Rossiya harbiylari tomonidan Dehqon bayonotiga munosabat bildirilmadi.
Rossiya harbiy-koinot kuchlari bu bazadan joriy yilning avgustida foydalangan, biroq uni tomonlar orasida vujudga kelgan "ba’zi tushunmovchiliklar" sababli tark etgandi.
"Kommersant’" nashridagi manbaning tushuntirishicha, kelishmovchiliklar Moskva Eron bazasini to‘laqonli harbiy ob’ekt sifatida qo‘llashni mo‘ljallagani va u erda harbiy kurol joylashtirishni rejalashtirgani sababli vujudga kelgan. Biroq Tehronni bu variant qoniqtirmagan. O‘shanda Dehqon rossiyalik harbiylarni "ma’lum darajada o‘zini katta tutishda va nojentlmencha xatti-harakatda" ayblagandi.
Rossiya Xamadandagi bazada Suriyada terrorchilar pozisiyalariga qarshi hujumlarda ishtirok etuvchi Tu-22M3 strategik bombardimonchilari va Su-34 ko‘p maqsadli samolyotlarini joylashtirmoqchi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi