06:39 / 28.11.2016
10 447

Isroil AQShdan 5-avloddagi qiruvchi samolyotlari sotib oladi

Isroil AQShdan 5-avloddagi qiruvchi samolyotlari sotib oladi

Isroil vazirlari AQShdan 5-avloddagi F-35 qiruvchi samolyotlaridan yana 17 ta sotib olishni ma’qullab, mamlakat harbiy-havo kuchlari tarkibida ularning sonini 50 taga etkazib qo‘yishga qaror qildilar. Bu haqda Isroil hukumati matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Isroil dekabrdayoq birinchi ikkita F-35’ni olishga umid qilmoqda. Bu samolyotlar Yaqin Sharqdagi birinchi 5-avloddagi samolyotlar bo‘ladi.

Shu tariqa, Isroil harbiy-havo kuchlari qurollanishiga kiritiladigan bu samolyotlar soni 50 taga etadi.

Isroil generallari avvalroq bunday samolyotdan 75 dona olishga umid qilayotganlari hamda samolyotning asosiy versiyasidan tashqari, qisqa parvoz qilish va vertikal qo‘nish imkoniyatiga ega bo‘lgan F-35B modeliga ham ko‘z tikayotganlari ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil AQShdan 5-avloddagi qiruvchi samolyotlari sotib oladi