18:51 / 29.11.2016
6 975

Braziliyada 3 kunlik motam e’lon qilindi

Braziliyada 3 kunlik motam e’lon qilindi

Braziliya prezidenti Mishel Temer "Shapekoense" futbolchilari mingan samolyot aviahalokatga uchragani munosabati bilan klubga hamdardlik bildirdi.

Klub Janubiy Amerika kubogi finalida "Atletiko Nasonal"ga qarshi birinchi o‘yinni o‘tkazish uchun Boliviya orqali Kolumbiyaning Medelin shahriga uchgandi.

Samolyot halokati oqibatida bortda bo‘lgan 81 kishidan 76 nafari halok bo‘lgani aytildi. Omon qolgan 5 kishidan biri, jamoa darvozaboni Danilu shifoxonada jon berdi.

Braziliya rahbari bu fojia qurboni bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga barcha zarur yordam ko‘rsatilishi haqida ma’lum qilgan.

Mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilinib, davlat muassasalarida bayroqlar tushiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada 3 kunlik motam e’lon qilindi