Evropaning ikki davlati Belgiya va Niderlandiya hukumatlari Maas daryosi uzra joylashgan er uchastkalarini o‘zaro almashishga kelishib olishdi. Bu chegaralarni soddalashtirish maqsadida amalga oshiriladi, deb yozmoqda Kun nashri.
Nashrning qayd etishicha, davlat uncha katta bo‘lmagan er hududlarini bir-biriga taqdim etadi. Biroq bu teng almashuv emasligi ta’kidlanmoqda. Niderlandiya 3 gektar er evaziga 16 gektar erni qabul qiladi. Rasman bu o‘zgarishlar 2018 yilda kuchga kirishi uchun mamlakatlar parlamentlari 28 noyabrda ikki davlat tashqi ishlar vazirlari imzolagan shartnomani tasdiqlashlari lozim.
Gazetaning yozishicha, ikki davlatning Maas daryosi sohillaridagi chegarasi 1830 yili, Belgiya mustaqillikka erishganida belgilangan. Ammo, 1961 yilda daryo o‘zani kema qatnovini qulaylashtirish maqsadida sun’iy ravishda to‘g‘rilandi. Buning natijasida qayiq yordamida bir davlatdan ikkinchisiga chegaralarni buzmasdan borish mumkin bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi