14:18 / 02.12.2016
6 297

Yaponiya fazoviy turizmni rivojlantiradi

Yaponiya fazoviy turizmni rivojlantiradi

Yaponiyadagi 3ta xususiy kompaniya fazoviy turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishga kelishib oldi. U 2023 yilning dekabrida ish boshlashi kutilmoqda.

All Nippon Airways yirik aviatashuvchisi va HIS sayyohlik operatori loyihani moliya hamda ishchilarni o‘qitish orqali qo‘llab-quvvatlash niyatida. Ikki fazoviy samolyotni PD Aerospace venchur kompaniyasi ishlab chiqadi. U Yaponiyaning JAXA aerofazoviy agentligi bilan hamkorlikda ishlab boradi.

Har bir qurilma ikki uchuvchidan tashqari yana 6 nafar sayyohni qabul qilishi mumkin. Fazoviy samolyot Er uzra 100 kilometr balandlikka ko‘tarilish imkoniga ega. Sayohat 90 daqiqa davom etib, fazoviy turistlar besh daqiqa ichida vaznsizlik holatiga tushadilar. Bunday g‘aroyib sarguzasht uchun esa 124 ming dollardan voz kechish kerak bo‘ladi.

PD Aerospace kompaniyasi istalgan kishini vaznsizlik sharoitida ishlashga o‘rgatuvchi dunyodagi birinchi kurslar ochilishi haqida ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya fazoviy turizmni rivojlantiradi