11:11 / 03.12.2016
6 821

AQSh Xitoyga sanksiyalar bilan tahdid qildi

AQSh Xitoyga sanksiyalar bilan tahdid qildi

AQSh Davlat departamenti va Oq uy vakillari Shimoliy Koreya bilan noqonuniy biznes olib borayotgan va shu tariqa Pxenyanga qarshi kiritilgan sanksiyalarni buzayotgan Xitoy kompaniyalariga sanksiyalar kiritishga va’da berdi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

"Biz Xitoy rezolyusiyani bajarishiga umid qilamiz, biroq Xitoy kompaniyalari uni buzib, Shimoliy Koreyada biznes yuritsalar, cheklovlar ostiga tushgan tuzilmalarga yordam bersalar, xitoyliklar zarur choralarni ko‘radi deb ishonib, ularga bu haqda xabar beramiz", deb aytdi AQSh davlat kotibi Deniel Rassel.

Rasselning qo‘shimcha qilishicha, agar xitoyliklar ko‘mak ko‘rsatishdan bosh tortsalar, unda AQSh hukumatida sanksiyalar kiritishdan boshqa chora qolmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Xitoyga sanksiyalar bilan tahdid qildi