Istanbuldagi ikkita portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 44 kishiga etdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, og‘ir yarador bo‘lganlarning ba’zilari kasalxonada vafot etgan. Avvalroq 39 kishining halok bo‘lgani xabar berilgan edi. Kasalxonalarda 150 dan ortiq kishi yotibdi. Ularning ba’zilari og‘ir ahvolda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kurdiston ozodligi qirg‘iylari» radikal harakati rasmiy saytida joylashtirgan bayonotida Istanbulda sodir etilgan teraktlar uchun javobgar ekanligini tan olganligi haqida xabar qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 dekabr kuni Istanbul shahrida yuz bergan va ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga va butun Turkiya xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi