15 dekabr kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Yaponiyaga jo‘nab ketdi. Rossiya rahbarining samolyoti Yamaguti prefekturasidagi Ube aeroportiga qo‘ndi. Aeroportda Putinni Nagato shahri meri kutib olgan. Bu haqda “Izvestiya”ga asoslanib Qalampir.uz sayti xabar bermoqda.
Nagato shahrida Vladimir Putin va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘rtasida o‘tkaziladigan muhokamalar uch qismdan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Ilk muzokaralar ikki davlat delegasiyasi a’zolari bilan birgalikda tor doirada o‘tkaziladi.
Keyingi muhokamalar Putin va Abe o‘rtasida yakkama-yakka o‘tishi belgilangan. 16 dekabr kuni Vladimir Putin va Sindzo Abe Tokiodagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Kreml matbuot xizmati avvalroq, Putin va Abe o‘zaro uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy masalalarga asosiy urg‘u berishlari haqida xabar qilgandi. Shuningdek, hududiy mavzuga oid muammo ham muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif oldidan Vladimir Putin Yaponiya bilan chegara xususida tinchlik shartnomasini imzolashga harakat qilishi haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»