21:52 / 16.12.2016
8 092

G20 cammitida Obama Putinga nima deganini oshkor qildi

G20 cammitida Obama Putinga nima deganini oshkor qildi

Yakkama-yakka suhbatda AQSh prezidenti Rossiya rahbariga davlatidagi saylov jarayonini himoyasi uchun qo‘lidan keladigan hamma ishni qilishini aytganligi ta’kidlanadi.

Sentyabr boshlarida Xitoydagi Xanchjou shaharchasida o‘tkazilgan G20 sammiti doirasida AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya davlati rahbari Vladimir Putin bilan yakkama-yakka suhbatda Qo‘shma Shtatlarda o‘tkaziladigan saylov jarayoni himoyasi uchun kerakli hamma ishni bajarishini aytgan. Bu haqda MSNBC telekompaniyasida chiqish qilgan AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Ben Rods ma’lum qilgan.

“U (Obama) ular bilan (rossiyalik delegasiya vakillari) G20 sammitida gaplashdi. Men bu muloqotda ishtirok etganman. Keyin ular (Obama va Putin) bir qancha vaqt yolg‘iz qolishdi. Shunda Obama bizdagi saylov jarayonini himoya qilish uchun hamma kerakli ishlarni qilishni ko‘zlaganimizni aniq-ravshan ma’lum qildi”,- dedi Rods. Bundan oldin Moskva Qo‘shma Shtatlaridagi saylovoldi jarayonlariga aralashishga harakat qilayotgani xususida ko‘p bor ta’kidlab o‘tilgan. Lekin bu ayblovlar asossiz va hech qanday faktga ega emasligi bois Rossiya vakillari uni rad etib kelishgan.

12 dekabrda brifingda jurnalistlar AQSh prezidenti matbuot kotibi Joshua Ernestdan saylov natijalariga ko‘ra Oq uyning gumonlari to‘g‘ri chiqqan-chiqmaganligi xususida so‘rashdi. Chunki saylovda kutilgan natijaga qarama-qarshi Donald Tramp g‘alaba qozondi. Bunga javoban matbuot kotibi “saylov kuni” AQSh maxsus xizmati “ovoz berish jarayoni hamda saylov natijasiga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan zararli rus kiberfaolligini kuzatmaganini” ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G20 cammitida Obama Putinga nima deganini oshkor qildi