Xitoy moliya vaziri o‘rinbosari Chju Guan’yao AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp olib borayotgan siyosat mamlakatlar o‘rtasida savdo urushlariga olib kelishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.
«Xitoy savdo urushlari ro‘y bersa, javob choralarini qo‘llaydi. Ular esa AQShda ish o‘rinlarini qisqarishiga olib keladi. Biroq, biz bu sodir bo‘lishini xohlamaymiz, sababi u har ikki tomonga ham zarar keltiradi», - dedi amaldor.
Uning fikricha, savdo urushlarining davomiyligi bir yildan oshmaydi. Guan’yaoning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning mustahkamlanishiga umid qilmoqda.
Tramp bir necha bor AQShda Xitoydan olib kirilayotgan mahsulotlarga maxsus bojlar solinishi kerakligini ma’lum qilgan. Uning fikricha, bu XXRni yuan kursini oshirishiga majburlaydi. Shuningdek, respublikachi bir necha marta Pekinni AQShning iqtisodiy dushmani deb atagan. Bu ushbu davlatning valyuta siyosati bilan bog‘liq.
Ma’lumot uchun, Trampning inaugurasiyasi 2017 yilning 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. U AQSh prezidenti lavozimida demokrat Barak Obamani alishtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi