Janubiy Koreyada Chxve Sun Sil ustidan sud jarayoni boshlandi. U bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaro mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan impichment e’lon qilinishiga olib kelgandi, deya yozmoqda «Daryo».
Dastlabki eshituvlar Seul okrug sudida bo‘lib o‘tmoqda. Sudning birinchi yig‘ilishini Janubiy Koreya televideniesi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etmoqda. Chxve Sun Sil va prezidentning ikki sobiq kotibiga qarshi ayblovlar o‘tgan oyda ilgari surilgandi.
Chxve Sun Sil hech qanday lavozimlarni egallamagan, biroq prezidentning dugonasi Pak Kin Xe bilan yaqinligidan davlat ishlariga aralashish va shaxsiy boyish maqsadida foydalangani, shu tariqa yirik kompaniyalardan millionlab dollar olgani bildirilmoqda.
Mamlakatda prezidentlik vakolati vaqtincha bosh vazir Xvan Gyo Anga topshirilgan. Pak Kin Xening kelgusi taqdirini Konstitusiyaviy sud hal qilishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi