09:41 / 21.12.2016
6 194

Pentagon Liviyada IShIDga qarshi operasiya yakunlanganini e’lon qildi

Pentagon Liviyada IShIDga qarshi operasiya yakunlanganini e’lon qildi

AQSh qurolli kuchlarining Afrika qo‘mondonligi Liviyada IShIDga qarshi operasiya yakunlanganini rasman e’lon qildi. Xabarda "Odisseya chaqmog‘i" operasiyasi 19 dekabrda yakunlangani aytilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Ta’kidlanishicha, operasiya asosiy maqsadlarga erishdi, ya’ni 495 ta yuqori aniqlikdagi aviazarbalarni berib, Sirtdan milliy kelishuv hukumati bilan bog‘liq kuchlarga IShIDni siqib chiqarishga imkon berdi. Zarbalar terrorchilarning minalashtirilgan yuk mashinalari, og‘ir qurol-aslaha va tanklari, qo‘mondonlik markazlari va jangovor pozisiyalariga berilgan.

Liviyada milliy kelishuv hukumati qurollangan tuzilmalari dekabr boshida Sirtning IShID jangarilaridan to‘liq ozod etilganini e’lon qilgandi. Liviyaning sobiq etakchisi Muammar Kaddafiyning ona shahri terrorchilar tomonidan 2014 yilda bosib olingandi. Jangarilarga qarshi operasiya joriy yil may oyidan olib borilgan.

AQSh Liviya hukumati iltimosiga ko‘ra terrorchilarga aviazarbalar bergan. AQSh harbiy-dengiz flotining Wasp universal desant kemasi va San Antonio desant-transport kemasi Liviya yaqinida 4 oy navbatchilik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon Liviyada IShIDga qarshi operasiya yakunlanganini e’lon qildi