Rossiya barcha ehtimoliy tajovuzkor kuchlardan kuchliroq. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin juma kuni tashkil etilgan katta matbuot anjumanida xabar qildi, deya yozadi «Kun.uz» sayti.
«Hech kim AQShda – eng kuchli Harbiy kuchlar borligi haqida gapirmadi. Rossiya – istalgan agressordan kuchliroq», - deya aytib o‘tdi davlat rahbari The Wall Street Journal jurnalisti savoliga javob berarkan.
Avvalroq, AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi bu fikrga qo‘shilmasligi haqida ma’lum qilgandi. «O‘ylashimcha, Qo‘shma Shtatlar Harbiy kuchlaridagi professionallik, bilim va imkoniyatlar borasida umuman bahs qilish yarashmaydi», - deya ta’kidlab o‘tdi u.
Putin 22 dekabr kuni Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida Rossiyaning harbiy ustunligi haqida ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat armiya va flotni modernizasiya qilish, qo‘shinlarni tayyorlashdagi ishlarni jadallik bilan olib borishi kerak. Aks holda, uning so‘zlariga ko‘ra, «vaziyat dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarni hisobga olgan holda tezkorlik bilan o‘zgarishi mumkin». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi