09:30 / 24.12.2016
8 414

Qozog‘istonlik qiz o‘z sochlarini eyishi og‘ir oqibatga olib keldi

Qozog‘istonlik qiz o‘z sochlarini eyishi og‘ir oqibatga olib keldi

Qozog‘istonning Taraz shahrini Muhabbat ismli qizcha voqeasi hayratlantirdi. Yaqinda jarrohlar qizni operasiya qilishdi va uning oshqozonidan bir kilogramm soch chiqarib olishdi. 11 yoshlik qizchaning oshqozoni to‘liq va ichaklarining bir qismi soch bilan to‘lgan bo‘lgan.

Qizcha tunda shifoxonaga olib kelingan. U qornidagi og‘riqlardan to‘xtamay yig‘lagan. Qizcha to‘la oshqozoni bilan na ovqat eya olgan, na suv icha olgan. Jarrohlar uning oshqozoniga etib borishganda, unda bir uyum sochni aniqlashgan. U tashqi ko‘rinishidan namat matosiga o‘xshash bo‘lgan.

Aniqlanishicha, qizcha Rapunsel sindromidan aziyat chekkan. Bu sindrom ruhiy kasallik bo‘lib, undan aziyat chekuvchilar asabiylashish vaqtida o‘z sochlarini eyishni boshlaydilar. Ajab emaski, bu muammo ko‘pincha oshqozon-ichak yo‘lida jiddiy oqibatlarga olib keladi.

Bunday kasallikda ichak va oshqozonni jarrohlik aralashuvisiz tozalab bo‘lmaydi va bunday muolaja zudlik bilan amalga oshirilishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik qiz o‘z sochlarini eyishi og‘ir oqibatga olib keldi