Sochidan uchib chiqqach, Qora dengiz hududida qulab tushgan Tu-154 samolyoti 1983 yilda ishlab chiqarilgan samolyot edi. Bu haqda Kun.uz sayti manbalarga asoslanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu samolyot shu vaqtgacha 6689 soatni parvozda o‘tkazgan. Bort raqami RA-85572.
Tu-154 yo‘lovchi samolyoti Rossiyada eng ko‘p foydalaniladigan reaktiv samolyot hisoblanadi. Bunday samolyotlardan 1026ta ishlab chiqarilgan. Bunday samolyotlar ishtirokidagi halokatlar oqibatida 3000 kishi qurbon bo‘lgan.
2014 yilning dekabrida Tu-154 remont qilingan, 2016 yilning sentyabrida esa xizmat qilishga tavsiya etilgan.
Bundan oldingi xabarlarda Sochi yaqinida qulagan Tu-154 samolyoti tajribali uchuvchi Roman Volkov tomonidan boshqarilgani aytilgandi.
25 dekabr tongida Sochidan Suriyadagi Hmeymim aviabazasiga tomon parvoz qilgan Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti radarlardan yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi. Keyinroq samolyot qoldiqlari Sochi qirg‘oqlaridan 1,5 km ichkarida topildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?