Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qora dengizga qulagan Tu-154 samolyoti qurbonlari xotirasiga 26 dekabrni umumilliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Halokatga uchragan samolyot bortida 92 kishi bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi axborotiga ko‘ra, katta ehtimol bilan, yo‘lovchilarning bari halok bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti 25 dekabr tongida Sochida qayta yonilg‘i olganidan so‘ng, Qora dengizga quladi. Samolyot Moskva viloyatidan Suriyaga uchayotgan edi.
Yo‘lovchilarning aksariyati Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansambli a’zolari bo‘lgan. Bortda, shuningdek, Rossiya «Birinchi kanali», «NTV» va «Zvezda» telekanallarining tasvirga olish guruhlari ham bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligidan ma’lum qilishlaricha, samolyotda «Adolatli yordam» jamg‘armasi ijrochi direktori Elizaveta Glinka (Doktor Liza) ham bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi