Kuch tuzilmalaridagi manba Rossiya mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Sochi yaqinida halokatga uchrashida terakt versiyasi deyarli istisno qilinadi, deb aytdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
"Samolyot harbiy maqsaddagi, yaxshi qo‘riqlanadigan ob’ekt hisoblanuvchi "Chkalovskiy" aerodromidan havoga ko‘tarilgan. U erga samolyotga portlovchi qurilma qo‘yish uchun yashirincha kirishning iloji yo‘q", deb aytdi manba.
Uning aytishicha, Sochi aeroporti ham kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanadi va u erga ham begona shaxslarning kirishi istisno qilinmoqda.
Shoshilinch xizmatlardagi manba samolyotning falokatga uchrashida uning qoldiqlarining katta hududga sochilib ketishiga izoh berib, bu samolyotning suv sirti bilan to‘qnashishida hosil bo‘lgan gidrozarba oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati samolyotning halokatga uchrashiga terakt sabab bo‘lishi mumkinligini tekshirayotgani ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?