AQSh prezidenti ma’muriyati mamlakat prezidenti sayloviga aralashgani uchun Rossiyaga qarshi choralar, sanksiyalar, diplomatik cheklovlar qo‘yish istagida. Bu haqda “Washington Post” nashriga asoslanib Qalampir.uz xabar berdi.
Rossiyaga qarshi qo‘llaniladigan choralar shu haftada e’lon qilinishi kutilmoqda.
Barak Obama ma’muriyati, shuningdek, Rossiyaga qarshi kiberhujum ham uyushtirishi mumkin. Bundan maqsad esa maxfiy operasiyalar haqida ma’lumot to‘plashdir.
AQShda 2015 yilda xorijdan qilingan kiburhujumga qarata javob berish huquqini beruvchi qonun kuchga kirgan. Avvalo, AQSh saylovlarga haqiqatan ham Rossiya aralashganini isbotlovchi dalil taqdim etishi lozim.
2016 yil iyul oyida AQSh demokratik partiyasining serverlari hakerlar hujumiga uchragandi. O‘shanda Hillari Klinton bunga Rossiyani ayblagandi.
Oktyabr oyida esa AQSh hukumati rasman Rossiyani prezident sayloviga aralashganlik va Amerika partiyalari pochtalariga hujum uyushtirganlikda aybladi. O‘z navbatida, Kreml bunday ayblovni rad etdi.
10 dekabr kuni AQSh markaziy razvedka boshqarmasi Rossiya prezident saylovida Donald Trampning g‘alabasini ta’minlash uchun yordam ko‘rsatgani haqida xulosa qildi. Kreml spikeri Dmitriy Peskov bu holatga “asossiz ayblov”, deya ta’rif berdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi