22:13 / 28.12.2016
7 487

Alisher Usmonov yana Rossiya soliq rezidentiga aylanishga va’da berdi

Alisher Usmonov yana Rossiya soliq rezidentiga aylanishga va’da berdi

Rossiyalik tijoratchi Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi (FIA) prezidentligini tark etganidan so‘ng yana Rossiya soliq rezidentiga aylanishga va’da berdi. Bu haqda «Vedomosti»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.

«Bugun men federasiyamiz byurosi va ofisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydaman, darvoqe, bu Shveysariya emas, shuning uchun men u erda ro‘yxatdan o‘tishga majburman. Shuning uchun federasiya prezidentligiga saylangan muddatimda o‘sha erda bo‘lishim kerak. Qolgani esa uydirmadir», — dedi milliarder.

Oktyabr oyida Alisher Usmonov Rossiya soliq rezidentligidan chiqib ketgani ma’lum bo‘ldi. Unga tegishli USM Holding bunga izoh sifatida ayni paytda Usmonov operativ faoliyat bilan shug‘ullanmasligi, sport va xayriya ishlariga diqqat qarayotganini aytib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov yana Rossiya soliq rezidentiga aylanishga va’da berdi