19:50 / 30.12.2016
6 536

Putin Trampni Yangi yil bilan tabrikladi

Putin Trampni Yangi yil bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlariga Rojdestvo va kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan qutlov yo‘lladi.

Kreml matbuot xizmatiga asoslanib Kun.uz sayti xabar berishicha, bunday maktub AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga ham jo‘natilgan. Unda siyosatchining rasman lavozimiga kirishganidan so‘ng tomonlar munosabatlarni tiklash bo‘yicha qadamlarni qo‘yishiga umid bildirilgan.

Trampga yo‘llangan maktubda aytilishicha, “so‘nggi yillarda mamlakatlar duch kelayotgan jiddiy global va mintaqaviy masalalar rus-amerika munosabatlari zamonaviy dunyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha muhim omil bo‘lib qolishini ko‘rsatib berdi”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Putin MDH davlatlarining barcha etakchilariga qutlov yuborgan, biroq Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoni e’tibordan chetda qoldirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Trampni Yangi yil bilan tabrikladi