19:00 / 04.01.2017
6 646

Turkiyada tungi klubdagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 23 kishi qo‘lga olingan

Turkiyada tungi klubdagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 23 kishi qo‘lga olingan

Turkiya polisiyachilari Yangi yil kechasida ro‘y bergan teraktga aloqadorlikda gumon qilib, qo‘lga olgan kishilar soni 23 nafarga etgan. Bu haqda Hurriyet'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus amaliyotlar davomida qo‘lga olinganlar orasida xorij fuqarolari bor.

Bugun Izmir shahrida IShIDga aloqadorlikda gumonlangan 5 kishi qo‘lgan olingan.

Bundan oldinroq, Turkiya TIV rahbari terakt ijrochisi shaxsi aniqlangani haqida ma’lumot tarqatdi.

1 yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Istanbulning Evropadagi qismida joylashgan O‘rtako‘cha tumanidagi tungi klubga Kalashnikov avtomati bilan bostirib kirib, yangi yil bayramini nishonlayotgan kishilarni qirg‘in qildi. Terakt oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida Rossiya, Livan, Liviya, Isroil, Saudiya Arabistoni, Marokash va Iordaniya fuqarolari ham bo‘lgan. Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada tungi klubdagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 23 kishi qo‘lga olingan