AQSh harbiy-havo kuchlarining B-52 strategik bombardimonchi samolyoti o‘quv parvozini amalga oshirayotgan chog‘da kutilmagan hodisa ro‘y berdi. HHK qo‘mondonligi bayonotiga ko‘ra, samolyotning dvigateli Shimoliy Dakota shtatidagi Maynot bazasidan 46 km shimoli-sharqda qanotidan tushib ketgan, deya yozadi Kun.uz sayti.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hodisadan jabrlanganlar yo‘q. Dvigatelidan mahrum bo‘lgan samolyot erga hech qanday talofatsiz qo‘ngan. Yadro kallaklari o‘rnatilgan bombalarni elta oladigan B-52 samolyotiga Pratt & Whitney kompaniyasida ishlab chiqilgan 8ta turbovintli dvigatel o‘rnatilgan. Samolyotning parvozi chog‘ida, uning bortida 5 kishidan iborat ekipaj a’zolari bo‘lgan.
Hozirda surishtiruv ishlari borilmoqda hamda hodisa sabablari aniqlanayapti. Erga qulagan dvigatel topilgan va yig‘ib olingan, deb yozgan Defense News haftaligi elektron nusxasida.
B-52 samolyoti – Amerikaning eng keksa og‘ir, uzoq masofaga ucha oladigan bombardimonchi havo layneridir. U 1955 yildan beri harbiy maqsadlarda foydalaniladi. Hozirda, AQSh HHK tarkibida 76 ta shu rusumdagi samolyot mavjud. Ularning har biri 31,5 tonn qanotli raketalar, bomba va minalarni tashiy oladi. Ular 2040 yilgacha foydalanilishi taxmin qilinyapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi