12:14 / 07.01.2017
6 331

Meksikalik milliarder mamlakat poytaxtida yangi aeroport qurib beradi

Meksikalik milliarder mamlakat poytaxtida yangi aeroport qurib beradi

Dunyoning eng badavlat insonlaridan biri – meksikalik Karlos Slimning Operadora Cicsa kompaniyasi Mexiko aeroportining yangi binosini qurish uchun o‘tkazilgan tenderda g‘alaba qozongan konsorsium tarkibiga kirdi.

Slim kompaniyasi tender yakuniga ko‘ra, Meksikaning ICA firmasi bilan birgalikda taxminan 4 milliard AQSh dollarilik shartnoma taklif etgan. Konsorsiumga meksikalik boshqa taniqli ishbilarmonlar - Olegario Vaskes, Karlos Xank Ron, Ipolito Xexard va boshqalarning korxonalari ham kiradi.

Slimning asosiy biznesi Meksika va Lotin Amerikasi mamlakatlari telekommunikasiyalar bozori bilan bog‘liq. Ishbilarmon America Movil, Telcel va Telmex kompaniyalaridan tashqari, Meksikadagi yirik kompaniyalarni nazorat qiluvchi Grupo Carso’ga ham egalik qiladi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Slim dunyodagi eng badavlat insonlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan. U taxminan 50 milliard AQSh dollariga ega, deb yozadi Kun.uz sayti.

Mexikoda yangi aeroport qurilishi 2015 yilning oxirida boshlandi. Loyiha taniqli britaniyalik arxitektor Norman Fosterning Slimga kuyov bo‘lgan meksikalik Fernando Romero bilan hamkorligida ishlab chiqildi.

Xabarlarga ko‘ra, Mexiko yangi aeroporti qurib bitkazilgach, yiliga 120 million kishini qabul qilib olishi mumkin bo‘ladi. Yangi aeroport 12,5 ming gektar maydonda barpo etiladi. Yangi terminal ochilgach, eskisi o‘z faoliyatini to‘xtatadi hamda uning o‘rnida ilmiy-tadqiqot va texnologiya markazlari, ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar, kasalxonalar, fazoviy universitet, shuningdek turar-joy kvartallari quriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikalik milliarder mamlakat poytaxtida yangi aeroport qurib beradi