16:44 / 07.01.2017
7 958

Olimlar quloqni paxtali cho‘pchalar bilan tozalamaslikka chaqirdi

Olimlar quloqni paxtali cho‘pchalar bilan tozalamaslikka chaqirdi

Amerikaning otolaringologiya akademiyasi quloqlar gigienasi bo‘yicha yangilangan klinik qo‘llanmani chiqardi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Quloqdagi oltingugurt organizmning eshitish yo‘lini himoya qilish, moylash va tozalash uchun mo‘ljallangan sekreti (shirasi) hisoblanadi. Eshitish yo‘li terisining muguz qatlami ko‘chishi pastki jag‘ harakati bilan birgalikda oltingugurtning asta-sekinlik bilan tashqariga siljib chiqishini ta’minlaydi. Ko‘pchilik odamlarda eshitish yo‘lining o‘ziga xos anatomik va fiziologik xususiyatlari tufayli, quloqda ko‘p miqdorda oltingugurt to‘planib qoladi.

Tashqi eshitish yo‘lini tozalashda ba’zilar yordamchi vositalar, masalan, paxtali cho‘pchalardan foydalanadi. Ammo, yangilangan qo‘llanma mualliflari tadqiqotlarga tayanib fikr bildirishicha, bunday amaliyot nomaqbuldir.

Xususan, olimlar quloqlarni haddan tashqari ko‘p yuvish va ularni begona buyumlar kiritish orqali tozalashdan voz kechishni tavsiya qiladi, chunki bu eshitish yo‘liga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, infeksiya va quloq suyaklarining joyidan siljishiga olib kelishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar quloqni paxtali cho‘pchalar bilan tozalamaslikka chaqirdi