10:12 / 08.01.2017
6 226

Turkiyada elektr energiya bilan yuzaga kelgan muammolarga tushuntirish berildi

Turkiyada elektr energiya bilan yuzaga kelgan muammolarga tushuntirish berildi

Turkiya energetika vaziri Barat Albayrak elektr energiya uzatilishida uzilishlar kuzatilayotgani ortidan bildirilgan tanqidlarga uning vazirligi AQSh kiberhujumlariga uchraganini aytdi. Bu haqda Turkish Minute portaliga tayangan holda Kun.uz xabar bermoqda.

Portalning eslatishicha, oxirgi vaqtda Istanbul va uning atrofidagi joylar aholisi elektr energiya o‘chirilishi holatlari ko‘payganidan shikoyat qilishgan. O‘tgan haftada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning kuyovi Albayrak "yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha jiddiy ogohlantirishlar" qilgan, biroq uning bu haqdagi tviti ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan mazax qilingandi.

"Biz kecha AQShdan katta kiberhujumning guvohi bo‘ldik. Bunday hujumlar energetika vazirligining turli departamentlariga muntazam ravishda sodir etilgan, biroq biz ularning barchasini qaytarganmiz", deb aytdi Albayrak mahalliy televidenie efirida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada elektr energiya bilan yuzaga kelgan muammolarga tushuntirish berildi