Rim papasi Fransisk o‘z vazifadoshlaridan farqli o‘laroq, chet elga safarlari chog‘ida zirhli avtomobilda harakatlanmoqchi emasligini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri. Bu haqda pontifik italiyalik jurnalist va Vatikan bo‘yicha mutaxassis Andrea Torniellining «Sayohat» kitobiga yozgan so‘zboshida aytib o‘tdi.
Ruhoniyning aniqlik kiritishicha, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarga qaramay, u odamlarga yaqin bo‘lishni istaydi. «Balki bu tentaklikdir, biroq shuni aytishim kerakki, men o‘zim uchun hech ham xavotirlanmayman. Ammo men bilan birga sayohat qiladigan va men turli mamlakatlarda uchratadigan odamlar haqida tashvishlanaman», — deya qayd etdi Rim papasi.
U, shuningdek, kuchaytirilgan xavfsizlik choralari zarur ekanligini tushunishini, biroq «episkop — bu ruhoniy, ota ekanligi hamda u va odamlar o‘rtasida hech qanday to‘siq bo‘lmasligi kerakligi»ni qo‘shimcha qildi.
Reuters ta’kidlashicha, so‘nggi ikki yil ichida Italiya polisiyasi Evropada teraktlar ko‘paygani tufayli Vatikan hududida xavfsizlik choralarini ancha kuchaytirdi. Shunga qaramay, Fransisk Rim bo‘ylab hamon Ford Focus’da harakatlanib, soqchilari ko‘zga tashlanmasligini talab qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar