AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp internet tarmog‘idagi eng yirik savdo maydoni Alibaba rahbari Jek Ma bilan uchrashdi. Unda Xitoy kompaniyasining Amerika bozoridagi ulushini kengaytirish va mamlakatda qo‘shimcha 1 million ish o‘rinlarini yaratish haqida so‘z bordi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Jek Ma Alibaba’ni kengaytirishda kiyim-kechak, may va mevalar kabi mahsulotlarga katta e’tibor qaratilishini ta’kidlab o‘tdi. Bunda asosan Qo‘shma Shtatlar o‘rta g‘arbi va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasida savdo qilishga katta o‘rin beriladi.
«Biz asosiy e’tiborni kichik biznesga qaratmoqchimiz, shuning uchun 1 millionta kichik korxonani qo‘llab-quvvatlash haqida gaplashdik. Biz Amerika kichik biznesini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Buning uchun savdo platformasi (Alibaba — tah.) Osiyo, xususan Xitoyga o‘z qishloq xo‘jalik mahsulotini sotishda ishlatilishi mumkin», - ma’lum qildi Ma.
Aniqlik kiritilishicha, Alibaba amerikalik fermerlar uchun ish o‘rinlarini besh yil davomida yaratishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar