18-22 yanvar kunlari dunyodagi eng yirik sayyohlik yarmarkalaridan biri hisoblangan Fitur yarmarkasi Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA "Novosti"ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
11 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan taqdimotda Fitur yarmarkasi muntazam ravishda o‘tkaziladigan Ifema ko‘rgazma markazi ijro qo‘mitasi prezidenti Klemente Gonsales Solerning ma’lum qilishicha, bu 37-yarmarka hisoblanib, yangi rekordlarni qayd etadi. Taxminlarga ko‘ra, unda dunyoning 165 mamlakatidan 9 672 kompaniya qatnashadi, 755 pavilon xizmat ko‘rsatadi. Yarmarkaning umumiy maydoni - 62 494 kvadrat metr.
Bu yil Argentinaga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlanmoqda - mamlakat so‘nggi yillarda turizm sanoatini faol rivojlantirmoqda va sayyohlar orasida ancha mashhur bo‘lib bormoqda. Yarmarkada birinchi marta Pokiston, Aruba va Nassau (Bahama orollari poytaxti) qatnashishi kutilmoqda.
18 yanvarda yarmarka doirasida Jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziluvchi Barqaror taraqqiy etuvchi turizm yilining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Asosiy e’tibor tibbiy turizm va shopping-turizmga qaratilishi rejalashtirilmoqda.
Fitur - ITB Berlin yarmarkasidan keyingi ikkinchi eng yirik sayyohlik yarmarkasi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»