AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishganidan so‘ng, uning qizi Ivanka vaqtincha Trump Organization va liboslar hamda aksessuarlar ishlab chiqaruvchi o‘z kompaniyasini tark etadi.
11 yanvarda ma’lum qilinganidek, Ivankaning turmush o‘rtog‘i, Trampning kuyovi Jared Kushner AQSh saylangan prezidentining Oq uydagi katta maslahatchisi bo‘ladi. Ammo, Ivankaning o‘zi Oq uyda ishlamaydi.
"Otam Amerika Qo‘shma Shtatlarining 45-prezidenti lavozimini egallaganidan so‘ng, men Trump Organization va o‘z nomimdagi liboslar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyadan vaqtincha dam olaman. Men ikkala kompaniya boshqaruvi va ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmayman", — deb yozgan Ivanka Facebook sahifasida.
Donald Tramp esa, uning biznesi ikki o‘g‘li Donald kichik va Erik boshqaruviga o‘tishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘illari kompaniyani "malakali" boshqarishadi va u bilan hech narsani muhokama qilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi
Shavkat Mirziyoyev Ko‘rfaz davlatlari tashkiloti bosh kotibini qabul qildi