Uchinchi muddatga qayta saylangan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 828 mahbusni afv etdi. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.
Prezident afv etish haqidagi farmonni hukumat va Davlat xavfsizlik kengashining prezidentlik saylovlariga bag‘ishlangan qo‘shma majlisida imzoladi. Turkmanistonda davlat bayrog‘i kuni 19 fevralda nishonlanadi.
Farmon afv etilgan odamlarni asosiy hamda qo‘shimcha jazodan ularga ma’lum hududda yashash majburiyatini yuklash bilan ozod etadi.
Prezident huquq-tartibot muassasalari rahbarlariga afv etilganlar bayramni o‘z yaqinlari davrasida o‘tkazishlari uchun ularning o‘z vaqtida uylariga etib borishlarini ta’minlashga ko‘rsatma berdi. Turkmaniston prezidenti shuningdek mahalliy hokimiyat organlariga afv etilganlarga ish topishda ko‘mak ko‘rsatishni topshirdi.
Turkmanistonda afv etish aksiyalari davlat bayramlari munosabati bilan bir yilda bir necha marotaba o‘tkaziladi. Bundan avvalgi amnistiya o‘tgan yil dekabrida Betaraflik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan va unga ko‘ra 561 nafar mahbus ozodlikka chiqarilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»