11:01 / 27.05.2015
9 403

Keniyalik erkak Obamaning qizi qo‘lini so‘rab, evaziga 70 ta qo‘y va 50 ta sigir bermoqchi

Keniyalik erkak Obamaning qizi qo‘lini so‘rab, evaziga 70 ta qo‘y va 50 ta sigir bermoqchi

Keniyalik huquqshunos Feliks Kiprono AQSh prezidenti Barak Obamaning to‘ng‘ich qizi Maliyaga uylanishni istashini va qalin sifatida 70 ta qo‘y, 50 ta sigir va 30 ta echki berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Kiprono Obama iyul oyida Keniyaga tashrif buyurganida uning qiziga turmush qurish taklifini bildirmoqchi. «Hozir men Obamaga xat yozmoqdaman, unda prezidentdan Maliyani Keniyaga o‘zi bilan olib kelishini so‘rayman», — dedi u.

Erkakning ta’kidlashicha, uning Barak Obamaning qiziga bo‘lgan muhabbati «chin» va Amerika prezidenti oilasining boyligiga hech qanday aloqasi yo‘q.

«Men Maliyaga bu erdagi ayollar bajaradigan ro‘zg‘or yumushlarini — sigir sog‘ish, makkajo‘xoridan bo‘tqa pishirish, qatiq tayyorlashni o‘zim o‘rgataman», — deya qo‘shib qo‘ydi Feliks Kiprono.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Keniyalik erkak Obamaning qizi qo‘lini so‘rab, evaziga 70 ta qo‘y va 50 ta sigir bermoqchi