11:49 / 28.05.2015
8 177

BMT dunyoda 795 mln kishi och-nahor holda yashayotganini ma’lum qildi

BMT dunyoda 795 mln kishi och-nahor holda yashayotganini ma’lum qildi

BMT rahbarligi ostida faoliyat yurituvchi uch tashkilot bergan qo‘shma hisobotda oxirgi vaqtda dunyoda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni qisqarib, hozirda 795 mln.ga yaqinni tashkil qilayotgani ma’lum qilindi, deb yozmoqda kun.uz.

Hisobotga ko‘ra, tadqiq qilingan 129ta davlatdan 72tasida “BMT mingyillik maqsadlari”dan biri – 2015 yilga qadar och-nahor odamlarning sonini ikki barobarga qisqartirishga erishildi.

Hisobotga ko‘ra, bu borada Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlari ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan.

O‘tgan yili BMT dunyoda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni oxirgi 10 yil ichida 100 mln.ga qisqarib, 805 mln.ga yaqinlashganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT dunyoda 795 mln kishi och-nahor holda yashayotganini ma’lum qildi