22:48 / 30.06.2015
10 697

Xitoydan Rossiyaga olib boruvchi er osti yo‘li topildi

Xitoydan Rossiyaga olib boruvchi er osti yo‘li topildi

Xitoy va Rossiya chegarasida yashirin er osti yo‘li topildi. O‘tgan asrning 30 yillarida Manchjuriya Yaponiya tomonidan bosib olingan paytda razvedkachilar undan foydalangan. Bu haqda «Nat-geo.ru»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

1931–1932 yillarda yapon qo‘shinlari Manchjuriyaga bostirib kirgan. Bunga javoban Yaponiyaga qarshi Shimoli-Sharqiy partizanlik birlashmasi tarkib topgan. Chegara er osti yo‘li birlashgan armiya ehtiyojlari uchun qazilgan bo‘lib, yaqindagina topildi. Dunnin muzeyi xodimlari KXDRga tashrif buyurish chog‘ida yashirin er osti yo‘lini qazishda ishtirok etgan Shimoliy Koreya mutaxassislari haqida xabar topdi. Tadqiqot ishlari olib borilishi natijasida ushbu ob’ekt topildi.

Er osti yo‘li Xeylunszyan tumanidagi Dunnin uezdini Rossiya Primoresi bilan birlashtirgan. Mutaxassislar fikricha, ushbu er osti yo‘lidan Xitoy razvedkasi bilan Uzoq Sharqdagi Sovet Ittifoqi razvedka boshqarmasi o‘rtasida ma’lumot almashish uchun foydalanilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoydan Rossiyaga olib boruvchi er osti yo‘li topildi