9 519
Tojikiston: korrupsiyaga qarshi kurashgan mulozimning uyidan qop-qop pul va mashinalar yashirilgan bunker topildi
Tojikiston korrupsiyaga qarshi kurashish organi katta tergovchisi Firdavs Niyozbadalovning uyidan qop-qop dollar, oltin, qimmatbaho toshlar va oltita jip yashirilgan bunker topildi. Bu haqda “Hilol” nashri xabar bermoqda.
Bunker 16 may kuni Bo‘ston shahridagi Niyozbadalovning ota-onasiga qarashli uyni tintish paytida topilgan.
Firdavs Niyozbadalov Milliy xavfsizlik kengashi sobiq kotibi Amirqul Azimovning kuyovi, So‘g‘d viloyati prokurori sobiq o‘rinbosari Abdug‘affor Niyozbadalovning o‘g‘lidir.
Tintuv paytida Firdavs Niyozbadalovning onasi boyliklar o‘g‘liga emas, u va eriga tegishli ekanini aytgan. Bunga javoban tergovchilar “Oddiy notarius bo‘lib ishlab, buncha boylikni qanday to‘pladingiz?” deya so‘ragan.
Firdavs Niyozbadalovning onasi qattiq qarshilik qilavergach, boyliklarni guvohlar ishtirokida sanash to‘xtatilib, hammasi muhrlangan va olib ketilgan.
Avvalroq Firdavs Niyozbadalovning Xo‘jand prokuraturasida tergovchi bo‘lib ishlagan akasi Alisherning uyidan ham tintuv chog‘ida anchagina boylik topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi